Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fazoga Oyning qorong‘i tomonini tadqiq qiluvchi ilk qurilma uchirildi
Xitoy 8 dekabrda Yerning tabiiy yo‘ldoshi – Oyning qorong‘i tomonini tadqiq qiluvchi ilk zondni fazoga uchirdi. Qurilma Xitoy dasturining navbatdagi qadami bo‘lgan.
“Chang'e-4 nomli zond Oyning Janubiy qutbida qo‘nishi kerak. Avvalroq koinot qurilmalari Oyning qorong‘i tomonini ko‘zdan kechirgan, biroq unga qo‘nmagan. Zond panoramali kamera va o‘lchash asboblari bilan jihozlangan”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanishicha, Xitoy koinotni zabt etish borasida katta rejalarga ega bo‘lib, 2020 yilda Oyga lunoxod jo‘natmoqchi, 2022 yilgacha esa o‘z koinot stansiyalarini qurmoqchi. Xitoy, shuningdek, 2029 yilgacha Yupiterga tadqiqot missiyasini jo‘natishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025