Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London Brexit bo‘yicha “B reja”sini ma'lum qildi
Buyuk Britaniya mehnat va pensiya ishlari vaziri Ember Radd agar quyi palata mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha hukumat variantiga qarshi ovoz bersa, uning muqobili borligini ma'lum qildi. Radd bilan o‘tkazilgan intervyu Times nashrida chop etilgan.
Raddning aytishicha, eng maqbul variant “Norvegiya plyus” kelishuvi bo‘ladi. Bu kelishuv Buyuk Britaniyaga Norvegiya kabi Yevropa Ittifoqi a'zosi bo‘lmay turib, Yevropa iqtisodiy hududida qolishga imkon beradi, tovarlar, kapitallar va ishchi kuchlarining davlatlar o‘rtasida erkin harakatlanishi imkoniyatini ta'minlaydi.
Kelishuv, shuningdek, Britaniyaga Yevropa Ittifoqining bojxona ittifoqida qolishiga imkon beradi. “Bu “B reja” mamlakat va ko‘plab deputatlar uchun maqbuldir”, deb ta'kidlab o‘tgan vazir.
Britaniya bosh vaziri Tereza Mey Brexit shartlari bo‘yicha hukumat bildirgan variant parlamentda ma'qullanishini kutmoqda.
4 dekabrda Britaniya parlamentida Brexit shartlari bo‘yicha 5 kunlik debatlar boshlandi, 11 dekabrda esa quyi palatada Yevropa Ittifoqidan chiqish bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025