Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5 yillik mag‘lubiyatsiz seriya – «Barselona» YeChL rekordini takrorladi
YeChL pley-off yo‘llanmasini muddatidan oldin qo‘lga kiritgan «Barselona» so‘nggi turda «Tottenhem»ni qabul qilib, durangga rozi bo‘ldi – 1:1.
UYeFA matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar Chempionlar ligasi doirasida o‘z maydonida o‘tkazgan 29 o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmay kelmoqda. Bu - «Bavariya»ning rekordi takrorlanganini anglatadi.
«Ko‘k-anorranglilar» so‘nggi marta «Kamp Nou»da 2013 yil sentabrida mag‘lub bo‘lgan. Shundan so‘ng 26ta g‘alaba va 3ta durang qayd etildi. «Bavariya»ning rekordi esa 2002 yil apreliga borib taqaladi.
Qayd etish kerak, ingliz klublari «Barsa»ni safarda mag‘lub etishi ancha qiyin masalaga aylanib qolgan. Klub 1976-77 yillar mavsumidan buyon yevrokuboklar doirasida ingliz jamoalaridan o‘z maydonida faqat bir marotaba mag‘lub bo‘lgan: 2007 yil fevralida «Liverpul» Kataloniyadan 2:1 hisobidagi yutuq bilan qaytgan edi.
Darvoqe, «Liverpul» borasida. «Qizillar» bu mavsum guruh bosqichidagi uchala safar o‘yinida ham yutqazdi, shunga qaramay pley-offga chiqdi. Bunday holat YeChL tarixida bunga qadar faqat uch marotaba kuzatilgan edi. 2001 yilda «Arsenal», 2006 va 2007 yillarda «Seltik» mehmondagi o‘yinlarning barchasida yutqazib, pley-offga chiqqan.
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
11:33 / 19.05.2025