AQSh O‘zbekistonni diniy erkinliklar masalasida maxsus kuzatuv ro‘yxatiga kiritdi
AQSh O‘zbekistonni «diniy erkinliklarning jiddiy buzilishlari»ga yo‘l qo‘yayotgan yoki bunday holatga beparvo qarayotgan hukumatlar uchun maxsus kuzatuv ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Mayk Pompeoning bayonotida aytilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tegishli qaror 28 noyabrda qabul qilingan. Shuningdek, ro‘yxatdan Komor orollari va Rossiya ham joy oldi.
Xitoy, Eron, Shimoliy Koreya, Saudiya Arabistoni va qator boshqa davlatlar diniy erkinliklarni buzayotganlar ro‘yxatiga kiritilgan.
«Men Birma, Xitoy, Eritreya, Eron, Shimoliy Koreya, Pokiston, Sudan, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Turkmaniston AQShning 1998 yildagi xalqaro diniy erkinliklar to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq jiddiy xavotirga sabab bo‘layotgan davlatlar, degan xulosaga keldim. Sababi ular diniy erkinliklarning muntazam, uzoq muddatli va jiddiy buzilishlarida ishtirok etmoqda», - deya ma'lum qildi Pompeo.
Dunyodagi ko‘plab joylarda odamlar o‘z e'tiqodlari asosida yashayotganliklari uchun tahdidlar, hibsga olishlar va hatto, o‘limga duch kelishmoqda, degan davlat kotibi. «Amerika Qo‘shma Shtatlari bunday zulmga beparvo qaramaydi», - deya ma'lum qildi Pompeo.
Eslatib o‘tamiz, 17-19 sentabr kunlari AQSh Davlat departamentining xalqaro diniy erkinlik masalalari bo‘yicha elchisi Sem Braunbek rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonga kelgandi.
O‘zbekiston bundan avval mazkur ro‘yxatda «diniy erkinliklarning tizimli, davomiy va jiddiy ravishda buzilishi»da ishtirok etib kelayotgan mamlakat sifatida qayd etilar edi.
Mavzuga oid
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024