Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Huawei moliyaviy direktori garov puli evaziga ozodlikka chiqarildi
Kanada sudi Huawei kompaniyasining hibsga olingan va AQShga ekstraditsiya qilinishi mumkin bo‘lgan moliyaviy direktori Men Vanchjouni garov puli evaziga ozodlikka chiqardi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
Menning ozodlikka chiqarilishi uchun 10 mln Kanada dollari (7,5 mln dollar) miqdorida garov puli kiritish lozim bo‘lgan. Garov pulini ayolning turmush o‘rtog‘i va 4 nafar do‘sti hamda sobiq hamkasbi to‘lab bergan. Endi Men Xitoy va Hongkong pasportini topshirib, Vankuverdagi uyida hibsda qolishi mumkin.
Men Vanchjou AQSh so‘rovi bilan 1 dekabrda Vankuverda hibsga olingan. Ayol AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tgan holda Eron bilan bitimlar tuzganlikda ayblanmoqda. AQSh 60 kun ichida Menning aybdorligi isbotlar bilan ta'minlangan ekstraditsiya ishini Kanadaga topshirishi kerak.
Mavzuga oid
16:49 / 20.04.2025
Xitoyda dunyodagi birinchi 10G internet tarmog‘i ishga tushirildi
22:55 / 13.03.2025
Yevroparlamentda Huaweiʼga aloqador korrupsiya ishi sabab tintuv va hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi
09:00 / 19.12.2024
Huawei kompaniyasi Dubaydagi taqdimotida yangi buklanadigan smartfon va boshqa flagman qurilmalarini taqdim etdi
00:06 / 03.11.2024