O‘zbekiston | 17:00 / 14.12.2018
56774
1 daqiqa o‘qiladi

Prezident Qarshi shahri «to‘rtligi»ni jiddiy ogohlantirdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda shahar rahbariyatini tanqid qildi.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, videoselektor Qarshi shahri hokimi Jamshid Fozilovning faoliyati jiddiy tanqid qilingan.

«Men Qarshi shahrining hamma rahbarlaridan noroziman», degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident adminstratsiyasi boshlig‘i Nizomiddinov, bosh prokuror Murodov, Ichki ishlar vaziri Bobojonov hamda Soliq qo‘mitasi raisi Musayevga Qarshi shahar «to‘rtligi» (hokim, prokuror, IIB boshlig‘i va DSI boshlig‘i) faoliyatini ko‘rib chiqishni, agar ular «ishonch qozona olmasa», ishdan bo‘shatishga ko‘rsatma qilgan.

Qarshi shahar hokimi Jamshid Fozilov. Foto: KUN.UZ

Qarshi shahri hokimi Jamshid Fozilov OAVda bir necha marta tadbirkorlarga nisbatan adolatsiz qarorlari uchun tanqidga uchragandi.

Mavzuga oid