Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi «Butirka» tergov izolyatori yopiladigan bo‘ldi
Moskvadagi ““Butirka” tergov izolyatori uning atrofidagi uylar aholisining ko‘plab shikoyatlaridan keyin yopiladigan bo‘ldi.
Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmati (FSIN) direktori o‘rinbosari Valeriy Maksimenkoning ma'lum qilishicha, qisqa muddatlarda yo Dmitrov shossesida, yoki Novaya Moskvada 5 ming o‘ringa mo‘ljallangan yangi tergov izolyatori paydo bo‘ladi.
Maksimenkoning ta'kidlashicha, shu kabi qaror “Presnya” tergov izolyatori bo‘yicha ham qabul qilingan. “Matrosskaya tishina” borasida hozircha tanaffus olindi”, deb tushuntirgan FSIN xodimi.
Ta'kidlanishicha, “Butirka”ning yopilishi haqidagi gaplar anchadan beri yurgan. Avvalroq Moskvaning Tver tumanidagi turmani xususiy shaxslar sotib olib, uning o‘rniga yangi tergov izolyatori qurishlari taxmin qilingandi.
“Butirka” Moskvadagi eng katta va Rossiyadagi eng eski turmalardan biri hisoblanadi.
Turmaning 200 yildan ko‘proq tarixga ega binosi davlat tomonidan muhofaza qilinuvchi tarixiy va arxitekturaviy yodgorliklar ro‘yxatida turadi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025