Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq prezidenti Britaniya fuqaroligidan voz kechdi
Iroq prezidenti Barhom Solih Britaniya fuqaroligidan voz kechdi.
Ma'lum qilinishicha, Iroqning yaqinda saylangan prezidenti britan fuqaroligidan mamlakat konstitutsiyasi talabiga ko‘ra voz kechgan. Konstitutsiyada yuqori lavozimni egallovchi davlat arboblariga boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lish taqiqlangan.
“U avvalgi tuzumga (Saddam Husayn) nisbatan muxolif faoliyat olib borgan davrda unga fuqarolik bergan Buyuk Britaniyaga o‘z minnatdorligi va hurmatini bildiradi”, deyilgan xabarda.
Solih 2018 oktabr boshida Iroq parlamenti tomonidan prezident etib saylangan. U avval Iroq Kurdistoni hukumati rahbari lavozimini egallagan.
Mavzuga oid
21:33 / 09.04.2025
Germaniyada mamlakat fuqaroligini uch yil ichida olish imkoniyati bekor qilinadi
19:49 / 26.02.2025
Nauru hukumati budjetga mablag‘ to‘plash maqsadida «oltin pasportlar» dasturini ishga tushiradi
11:35 / 07.02.2025
Pragada rossiyaliklarga Chexiya fuqaroligini berish vaqtincha taqiqlandi
10:11 / 24.01.2025