O‘zbekiston | 21:40 / 17.12.2018
20461
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda

18 dekabr kuni O‘zbekistonning g‘arbiy hududini Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi Qamchiq dovonining A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lida kuchli qor yog‘ishi va yo‘llar muzlashi kuzatiladi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, 18 dekabr kuni Qamchiqda havo harorati kunduzi -3 darajagacha tushishi, tunda esa -8 darajagacha tushishi kutilmoqda.

18-19 dekabr kunlari tuman tushadi, yo‘lning ko‘rinish chegarasi 50-100 m.ni tashkil qiladi. Shamol tezligi 20-25 m/s.gacha kuchayadi, yo‘lda qor uyumlari to‘planib, yaxlaydi.

Vazirlik havo harorati keskin pasayishi va yo‘lda harakatlanishda noqulayliklar tug‘ilishini inobatga olib, yo‘lda ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘ragan.

Mavzuga oid