Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik oligarxlarning Davosga kelishlari uchun shartlar ma'lum qilindi

Foto: Dmitriy Astaxov / RIA Novosti
The Bell nashri rossiyalik biznesmenlar Andrey Kostin, Viktor Vekselberg va Oleg Deripaska Davosda bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumiga qanday shartlar asosida kelishlari mumkinligini yozdi.
Shartlar ro‘yxati besh banddan iborat. Birinchi shartga ko‘ra, milliarderlar tomonidan forum bilan bog‘liq hech bir to‘lov AQSh banklari orqali o‘tkazilmasligi kerak.
Bundan tashqari, ular Amerika tomoni tashkil etgan birorta ham tadbirda qatnasha olishmaydi, Amerika bulutli xizmat va serverlardan foydalanishmaydi hamda AQSh fuqarolari bilan muloqot qilishmaydi.
Forum tashkilotchilari shuningdek, yuqorida nomlari tilga olingan rossiyaliklarga muloqotlar yoki biznes-uchrashuvlar tashkil etishda yordam bermaydi.
Avvalroq Rossiya hukumati delegatsiyasi 22-25 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan forumda qatnashishi ma'lum bo‘lgandi. Tashkilotchilar sanksiyaga tushgan rossiyalik biznesmenlarga nisbatan cheklovlarni olib tashlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025