Jahon | 23:27 / 18.12.2018
32970
2 daqiqa o‘qiladi

Alyaska zotli quyonlar haqida eshitganmisiz?

Quyonlarning bir necha noyob turlari uchraydi. Ulardan biri “Alyaska” zotidir. Ularning nomiga qarab bu quyonlar sovuq mintaqalardan emasligini aytish mumkin. U 1920 yilda Germaniyada olimlar tomonidan yaratildi. Selektsionerlar tomonidan bunday quyonni urchitishdan ko‘zlangan eng asosiy maqsad — Alyaska tulkisidagi kabi qora va oq tolali yungga ega turni yaratish. Selektsionerlar tajribasi muvaffaqiyatli bo‘lmadi. Ular qora rangdagi yaltiroq tukli jonivor zotini yaratishdi. Biroq bu zotli quyonni qoldirishdi va keyinchalik “Reks” zotini chiqarishda qo‘llashdi.

“Alyaska”ning yungi qora rangda. U qalin va yaltiroq, ichi moviy rangda tovlanadi. Shuningdek moviy o‘rniga oq rangda tovlanadigan quyonlar ham bor. Bu jihat kamchilik hisoblanadi. “Alyaska” quyonlarining yungi qimmatbaho. Ular Yevropada keng tarqalgan.

Jonivor 3 kilodan 5 kilocha tosh bosadi. Bo‘yni deyarli ko‘rinmaydi, quloqlari kalta va keng. Urg‘ochi quyonlarning erkak quyonlardan farqi bo‘yin atrofidagi qo‘shimcha teri.

Bu jonivorlar faol hisoblanadi, shuning uchun ularga keng joy zarur. Bu turdagi quyonlar jazirama va sovuqdan qo‘rqmaydi. Ular tajovuzkor emas. Itoatkor va muloqotni sevadigan. Odamga tezroq ko‘nikishlari uchun ularni erta ijtimoiylashtirish kerak.

Mavzuga oid