Hongkongda millioner faqirlar ustidan pullar sochdi (video)
Hongkongda millioner shaharning eng nochor tumanlaridan birida odamlar ustidan pullar sochdi va bu qilmishi uchun hibsga olindi.
Voqea 15 dekabrda yuz bergan. 24 yoshli mahalliy biznesmen, Coin Young Master (Tangalar ustasi) taxallusi bilan ma'lum bo‘lgan Von Chxin Kxit osmono‘par binolardan birining tomidan 100 million Hongkong dollariga (12,7 mln dollar) teng miqdordagi minglab banknotalarni sochib yubordi. Odamlar shu zahotiyoq pullarni yig‘ishga tushib ketishgan va natijada ur-yiqit yuzaga kelgan.
Von “nochorlarga yordam berish uchun boylarni talashini” va “odamlarga bitkoinlar haqida aytishga majburligini” aytgan. Politsiya Vonni jamoat tartibini buzishda ayblab, hibsga olgan. Odamlardan yig‘gan pullarini politsiya bo‘limiga olib borishlari so‘ralgan.
Chinese 24 year old Bitcoin Millionaire Wong ching kit 黄鉦杰 AKA bi shao ye 币少爷 (Mr coin ) throws 100’s of millions of HKD from the roof top. He said “he feels as if he is god and he is responsible to teach the world about bitcoin.” Is this a sign of a bullrun incoming or ?! pic.twitter.com/IfgKykB0ME
— Mia Tam (@_blockandchain_) 16 dekabrya 2018 g.
Mahalliy OAV dastlab ushbu aksiyani bitkoin-millioner uyushtirganini ma'lum qilgan, biroq bu ma'lumotlarni Hongkong bitkoin-uyushmasi prezidenti Leonard Viz inkor etgan.
“U bitkoin-millioner emas, balki moliyaviy piramidaning egasi”, deb aytgan Viz.
2012 yilda Von telefonlar o‘g‘irlashda ayblanib, hibsga olingan. O‘shanda u suzish bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishlagan. 2017 yilda esa u mijozlarni oltinga pul tikishga ko‘ndirib, keyin ularning pullari bilan g‘oyib bo‘luvchi firibgarlarga aloqadorlikda gumon qilingan. Von, shuningdek, mijozlariga kiritgan pullaridan kamida 4 marcha ko‘proq pul va'da qiluvchi moliyaviy piramida egasi hisoblanadi. Oxirgi vaqtda Von bitkoinlar mayningiga mo‘ljallangan qurilmalarni reklama qilish bilan shug‘ullanib kelgan.
Mavzuga oid
00:28 / 06.09.2024
Hongkongda «Yagi» supertayfuni tufayli 100 dan ortiq reys bekor qilindi
18:31 / 30.07.2024
O‘zbekistonlik o‘quvchi ilk bor Xalqaro iqtisodiyot olimpiadasida sovrindor bo‘ldi
17:05 / 30.07.2024
Qilichboz Parijdagi oltin uchun rekord bonusga ega bo‘ldi
14:47 / 11.06.2024