O‘zbekiston | 10:53 / 18.12.2018
13169
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Afg‘oniston prezidentining tashabbusini qo‘llab-quvvatladi

Foto: Getty Images

O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘anining tinchlik masalalari bo‘yicha maslahat kengashi va tinch muzokaralar bo‘yicha hukumat guruhi tuzish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Tashqi ishlar vazirligidan qayd etishlaricha, ushbu qaror ko‘p millatli afg‘on jamiyatining barcha qatlamlari vakillari tinch siyosiy jarayonda keng ishtirok etishi uchun imkoniyatlar yaratishi mumkin.

«O‘zbekiston shundan kelib chiqadiki, Afg‘onistondagi vaziyatga yechim topish Markaziy va Janubiy Osiyoda xavfsizlikni ta'minlash hamda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shadi. O‘zbekiston tomonining taxminicha, Afg‘oniston barcha siyosiy kuchlarni tinchlik jarayoniga jalb qilish mamlakat asosiy tamoyilga mutlaq rioya etsa - faqat afg‘onlar va Afg‘oniston xalqi rahbarligi ostida mamlakatda tinchlik o‘rnatish bo‘yicha siyosiy jarayon davom etishi kerak - davlatning tinch rivoji ta'minlanadi», - deyiladi TIV xabarida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati hokimi Afg‘onistonga borgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid