AQSh Gulnora Karimovaga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi
Prezident Donald Tramp 2017 yil dekabridagi 13818-farmonni uzaytirdi, deyiladi Oq uy matbuot xizmati xabarida. Bu farmon «Magnitskiy akti» doirasida sanksiyalar joriy qilgan, deb eslatadi RBK.
Sanktsiyalar ostiga tushgan, turli mamlakatlardan bo‘lgan 13 shaxsdan iborat ro‘yxat AQSh Moliya vazirligi saytida joylashtirildi. Ular orasida O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnora Karimova, Rossiya bosh prokurorining o‘g‘li Artyom Chayka, Ukrainaning «Berkut» maxsus bo‘linmasi sobiq qo‘mondoni Sergey Kusyuk bor. Shuningdek, ro‘yxatdan Serbiya, Xitoy, Nikaragua, Janubiy Sudan va Pokiston fuqarolari ham joy oldi.
«AQSh inson huquqlari jiddiy buzilishini sodir etayotgan yoki korrupsiyaga aralashgan shaxslarga sezilarli oqibatlarni ko‘rsatishga harakat qilmoqda, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar moliyaviy tizimini bu shaxslarning suiiste'mol qilish holatlaridan himoya qilmoqchi», - deyilgan Donald Trampning 2017 yil 20 dekabrdagi farmonida.
Gulnora Karimova, AQSh fikriga ko‘ra, «biznes ekspropriatsiyasi, bozorlarning monopolizatsiyasi, poralar talab qilish va reket uchun davlat resurslarini ishlatgan qudratli uyushgan jinoiy birlashmaga» rahbarlik qilgan.
Sanktsiyalar AQSh yurisdiksiyasida bo‘lgan barcha aktivlarni bloklash, shuningdek, amerikalik fuqarolarga sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan shaxs yoki tashkilot bilan har qanday bitimga borishni taqiqlashni nazarda tutadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Gulnora Karimovaning o‘g‘li onasi jamoatchilik ishlariga qaytish niyatida ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024