Fan-texnika | 09:04 / 19.12.2018
8695
1 daqiqa o‘qiladi

Falcon 9 raketasi parvozi startga 7 daqiqa qolganda bekor qilindi

Foto: SpaceX

Orbitaga AQSh harbiy-havo kuchlari sun'iy yo‘ldoshini olib chiqishi kerak bo‘lgan Falcon 9 raketasining parvozi texnik sabablarga ko‘ra startga 7 daqiqa qolganda bekor qilindi. Parvoz Kanaveral burnidagi kosmodromdan amalga oshirilishi kerak edi.

Ma'lum qilinishicha, parvozning bekor qilinishiga raketaning birinchi pog‘onasi datchiklarining nome'yoriy ko‘rsatkichlari sabab bo‘lgan. Raketa 19 dekabrda uchirilishi kutilmoqda.   
 
GPS III sun'iy yo‘ldoshi bo‘lg‘usi 3-avloddagi global pozitsiyalash tizimining 32 ta sun'iy yo‘ldoshidan birinchisi bo‘lishi kerak. Ular butun dunyo bo‘ylab GPS signalini ta'minlovchi hozirgi eskirib qolgan sun'iy yo‘ldoshlar o‘rnini egallaydi. 

Yangi sun'iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqarish bilan Lockheed Martin korporatsiyasi shug‘ullanmoqda. SpaceX kompaniyasi ilk oltita GPS III sun'iy yo‘ldoshidan 5tasini uchirishi rejalashtirilgan.   

Mavzuga oid