Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya bosh prokurori prezidentni korrupsiyada aybladi
Braziliya bosh prokurori Rakel Doj prezident Mishel Temerga qarshi korrupsiya va pul yuvish ayblovini qo‘ydi. G1 nashrining yozishicha, ayblovlar mamlakat portlarini boshqarish bilan bog‘liq korruptsion sxemalarni tergov qilish doirasida bildirilgan.
Bosh prokuratura Temer 2017 yilda pora uchun ikkita port shartnomasini 70 yillik muddatga uzaytirishga ruxsat beruvchi farmonni chiqargan, deb hisoblamoqda. Prezident ma'muriyatida bunga javoban prezident o‘z aybsizligi isbotlarini keltirishi mumkinligi aytilgan.
Huquq-tartibot idoralari prezidentning Lotin Amerikasidagi eng yirik port – Santusda faoliyat olib boruvchi Rodrimar SA kompaniyasi bilan aloqalarini tergov qilishni 2018 yil boshida boshlagan. Temer, shuningdek, Odebrecht qurilish kompaniyasidan pora olishda gumon qilinmoqda. Prezident barcha ayblovlarni rad etmoqda.
Prokuratura prezidentdan tashqari yana 5 kishiga ayblov bildirgan. Prokuratura ular 32,6 mln real (8,3 mln dollar) miqdoridagi zararni qoplashlari kerakligini ta'kidlamoqda.
Temerga qarshi jarayon Braziliya parlamenti tomonidan ma'qullangandan keyingina boshlanishi mumkin. Biroq OAVda bu Temerning vakolatlari muddati tugaydigan 2019 yil yanvarida yuz berishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025