Sport | 03:00 / 22.12.2018
11522
2 daqiqa o‘qiladi

«Liverpul» «Vulverhempton»ni mag‘lub etib, «Siti»dan 4 ochko ilgarilab ketdi

Foto: Twitter/Premier League

Angliya chempionati 18-turi start oldi. 

Turning ilk uchrashuvida "Vulverhempton" o‘z maydonida "Liverpul"ni qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning 0:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yinning 18-daqiqasida Saloh hisobni ochgan bo‘lsa, 68-daqiqada van Deyk ham vaziyatdan unumli foydalanib, jamoasining ishonchli g‘alabasini ta'minladi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Liverpul" o‘z hisobidagi ochkolarni 48 taga yetkazib oldi va bir o‘yin ko‘p o‘ynagan holda eng yaqin ta'qibchisi "Manchester Siti"ni 4 ochko farq bilan ortda qoldirmoqda. 

Vulverhempton – Liverpul 0:2

Gollar: 0:1 – 18 Salax, 0:2 – 68 van Deyk.
Vulverxempton – Ruy Patrisiu, Koudi, Boli, Kastro (Ruben Vinagre, 81), Bennett, Moutinyu (Gibbs-Uayt, 63), Saiss, Traore (Kavaleyru, 63), Ruben Nevesh, Doerti, Ximenes.
Liverpul – Alisson, van Deyk, Lovren, Robertson, Xenderson, Milner, Keyta (Lallana, 58), Fabino, Mane (Klayn, 87), Firmino (Veynaldum, 76), Saloh.

Mavzuga oid