Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arktikada Kerch voqeasining takrorlanishi taxmin qilindi
Rossiya tomoni da'vo qilayotgan Arktika hududlarida dengiz navigatsiyasi «erkinligini ta'minlash» bo‘yicha AQSh harakatlari Kerch bo‘g‘ozida ro‘y bergan hodisaga o‘xshash voqeani keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqida Germaniyaning Telepolis nashri yozmoqda.
Nashrning qayd etishicha, Moskva iqtisodiy va harbiy sabablarga ko‘ra o‘z sohillariga yaqin suvlar ustidan nazoratni asta-sekin kuchaytirmoqda. Xususan, 2013 yildan boshlab Rossiya Arktikada yangi dengiz va aviabazalarni o‘rnatmoqda, shuningdek, mintaqadagi ishtirokini kuchaytirib, yangi muzyorarlar va suv osti kemalarini qurmoqda.
Shu bilan birga, NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg avvalroq alyans Rossiyaning harakatlariga javoban mintaqadagi o‘z pozitsiyasini mustahkamlashga kirishishga tayyorligini bildirgandi. Bundan tashqari, AQSh harbiy-dengiz kuchlarining qayta tashkil etilgan Ikkinchi floti qo‘mondoni, vitse-admiral Endryu Lyuis eslatishicha, AQSh bahsli hududlarda harakat qilishi mumkin.
Shuningdek, Telepolis’ning fikricha, Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa Moskva o‘z manfaatlarini yanada tajovuzkor himoya qilishga tayyor ekanini ko‘rsatdi. Shu tariqa, agar Rossiya talablari bajarilmasa, Arktikada Kerch ssenariysi takrorlanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Rossiya tufayli Arktikadagi mashqlardan voz kechgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025