Dunyodagi eng shimoliy aholi punktida ilk bor bank talandi
Qutb arxipelagi Shpitsbergenda ilk bor bank talandi. Jinoyatchi ko‘p o‘tmay qo‘lga olingan, deb xabar berdi The Local nashri.
O‘g‘rilik arxipelagning ma'muriy markazi va dunyodagi eng shimoliy aholi punkti hisoblanuvchi, 2 ming kishilik Longyirda yuz bergan.
Qurollangan erkak bankka bostirib kirib, pullarni talab qilgan. Ularni olgach esa noma'lum yo‘nalishda g‘oyib bo‘lgan. Ko‘p o‘tmay politsiyachilar jinoyatchini ushlashgan. Aniqlanishicha, u Shpitsbergen bo‘ylab sayohat qilib yurgan xorijlik bo‘lgan. O‘g‘ri politsiya tomonidan so‘roq qilish uchun Tromsega yetkazilgan.
Nashrning ta'kidlashicha, arxipelagda o‘g‘rilikni amalga oshirish ehtimoli juda kam, chunki bu yerda aholi soni oq ayiqlar sonidan ancha kamroqni tashkil qiladi. Misol uchun, Longyirda 2 mingga yaqin odam yashaydi va deyarli hamma bir-birini taniydi.
Mavzuga oid
09:59
Britaniyaning eng yirik banki Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi
13:58 / 25.10.2024
«Poytaxtbank» BAA kompaniyasi ixtiyoriga o‘tdi
21:13 / 21.10.2024
Rossiyada bankning sobiq rahbari o‘ziga 3 mlrd rubl kredit ajratib, Monakoga qochib ketdi
11:30 / 17.10.2024