Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2019 yilda O‘zbekiston 7,83 mlrd dollarlik investitsiyalarni o‘zlashtiradi
O‘zbekiston 2019 yilda sohaga oid investitsiya loyihalari doirasida salkam 7,83 milliard dollar miqdoridagi investitsiyalar o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Hujjatga ko‘ra, 2019 yilda korxonalar investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun 1,5 mlrd dollar yo‘naltiradi. O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (O‘TTJ) 2019 yilda 927,9 mln dollar ajratadi.
O‘zbekiston 2019 yilda 2,31 mlrd dollarlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va davlat kafolati ostida 2,68 mlrd dollarlik kreditlarni o‘zlashtirish niyatida. Tijorat banklari kreditlari hajmi 401,5 mln dollardan oshadi.
2019 yilda 4,15 milliard dollar mablag‘lar yangi obektlarni qurish, 1,45 milliard dollar - modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga yo‘naltiriladi.
Neft-gaz sanoatida 2019 yilda 1,93 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtiriladi, energetika sohasida - 715,2 mln dollar, «Navoiy KMK» - 526,1 mln dollar, «Olmaliq KMK» - 184,6 mln dollar, kimyo sanoati - 457,1 mln dollar, «O‘zmetkombinat» - 117 mln dollar.
Dastur doirasida loyihalarning umumiy qiymati 56,02 mlrd dollarni tashkil etadi. 2019 yil 1 yanvar holatiga kutilayotgan qoldiq 35,66 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2019 yilda 112 trln 251 mlrd so‘mlik kapital kiritilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
08:52 / 12.05.2025