Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi sunami oqibatlari. Fotoreportaj
Indoneziya qirg‘oqlariga 22 dekabr kuni sunami yopirildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlarning soni 200dan oshdi, 800dan ortiq kishi jabrlandi.
Taxminlarga ko‘ra, sunamiga Krakatau vulqonining otilishidan so‘ng yuz bergan suv osti ko‘chkisi sabab bo‘lgan. Juda baland to‘lqin Yava hamda Sumatra orollarini ajratib turadigan Zond bo‘g‘ozida yuzaga keldi.
Pandenglang, Janubiy Lampung va Serang okruglari tabiiy ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rdi.
Qirg‘oq bo‘yida joylashgan yuzlab uylar yo‘q bo‘lib ketdi. Avstraliya va Malayziya Jakartaga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda yordam taklif qildi. Rim papasi Frantsisk ham jabrlanuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Rasmiylar qirg‘oqoldi tumanlariga yetkazilgan moddiy zararni baholashda davom etmoqda.
Indoneziya hukumati takroriy to‘lqinlar xavfi haqida ogohlantirdi. Krakatauning otilishi hamon davom etyapti.
Jabr ko‘rgan tumanlarda, Jakarta Post’ning yozishicha, mobil aloqa cheklangan, kommunikatsiyalar buzilgan.
Pandeglanga provinsiyasida, mahalliy rasmiylar ma'lumotiga ko‘ra, 400ta turar-joy binosi va to‘qqizta mehmonxona vayron bo‘ldi hamda jiddiy zarar ko‘rdi. Hududni tozalash uchun og‘ir texnika jalb etilmoqda.
Mintaqada takroriy sunami xavfi Indoneziyada sunamidan erta ogohlantirish tizimi mavjud emasligi tufayli yanada kuchaymoqda. Krakatau vulqoni atrofidagi seysmometrlarga zilzila davomida zarar yetdi.
23 dekabr kuni Pandenglang provinsiyasida yana sunami haqida ogohlantiruvchi sirenalar yangradi, bu mahalliy aholida vahima uyg‘otdi. Biroq, tezkor xizmatlar bu tizimning noto‘g‘ri ishlashi natijasi, deb atashdi.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 222 kishi sunami qurboniga aylandi, yana 843 kishi jabrlandi, 28 kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Indoneziya qirg‘oqlarida yuz bergan kuchli sunami oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan mamlakat prezidenti Joko Vidodoga va Indoneziya xalqiga chuqur hamdardlik bildirdi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025