Tramp AQSh moliya vazirini bo‘shatish haqida o‘ylayotgani ma'lum qilindi
Bloomberg axborot agentligining vaziyatdan xabardor manbaga iqtibos keltirgan holda xabar qilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp moliya vaziri Stiven Mnuchinni lavozimidan bo‘shatish haqida o‘ylamoqda.
Mnuchin moliya vaziri lavozimida ishlayotgandan beri ilk bor jiddiy muammoga duch keldi. U o‘tgan hafta oltita yirik bank rahbariyati bilan uchrashgan, biroq nobarqaror vaziyatdan xavotirga tushgan investorlarni tinchlantira olmagan.
“Oq uyda Mnuchinni uncha xushlashmaydi va uni “avtobus ostiga” tashlashdan faqatgina xursand bo‘lishadi”, deb yozgan avvalroq moliya vazirligida ishlagan Stiven Mayrou. Uning ta'kidlashicha, Mnuchinni shu paytgacha Tramp bilan yaxshi munosabati himoyalab kelgan.
Ta'kidlanishicha, Mnuchinning keyingi taqdiri fond birjalari pasayishda davom etishi yoki yo‘qligiga bog‘liq bo‘ladi.
24 dekabrdagi savdolar natijalariga ko‘ra, AQShning Dow Jones fond indeksi 22 ming punktdan pastga tushib ketdi. Mutaxassislar ushbu holatni Trampning Federal zaxira tizimi rahbari Jyerom Pauellni iste'foga chiqarishni rejalashtirayotgani bilan bog‘lashmoqda.
Mavzuga oid
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024