Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi
O‘zbekiston fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibi joriy qilinadi. Bu haqda 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturida aytilgan.
Dasturga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda) qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Qonun loyihasi:
fuqarolik masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning normalarini yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan qonun hujjatlariga o‘tkazish;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiluvchi normalarni belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibini joriy qilishni nazarda tutadi.
Qonunning qabul qilinishi fuqarolikka kirish va chiqish bilan bog‘liq jarayonni soddalashtirish asosida fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish imkonini beradi.
Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas'ul ijrochilar - Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura.
Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil may, Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil iyun.
Mavzuga oid
12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
18:23 / 26.08.2024
Qiynoq oqibatidagi o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi
11:49 / 20.06.2024