Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xabib Nurmagomedov Moskva aeroportlaridan birida jangari deb qabul qilindi – OAV
UFC chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov Moskvadagi aeroportlardan birida jangari deb qabul qilinib, tekshiruvdan o‘tkazildi.
“Ploxoy leytenant” telegram-kanalining Federal xavfsizlik xizmatidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, chegara xizmati xodimlari Turkiyaga uchmoqchi bo‘lgan dog‘istonlik ikki fuqaroni to‘xtatishgan. Ular IShID terrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilingan. To‘xtatilganlardan biri Nurmagomedov bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, chegarachilar jangchining mashhurligiga ham e'tibor qaratmay, uni do‘sti bilan so‘roq qilishgan. Nurmagomedov tekshiruvdan o‘tgach, qo‘yib yuborilgan. Sportchi bunday munosabatdan ranjib, chegarachilarni koyigan.
“Nazoratchilar dog‘istonlikning kimligiga ham e'tibor bermay, yo‘riqnomaga ko‘ra ish tutishdi. Vaziyatni oydinlashtirish uchun kelgan tezkor xodimlar achchig‘i chiqqan Nurmagomedov bilan suratga tushib, unga chegara nazoratidan tezroq o‘tishida ko‘mak ko‘rsatishgan”, deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
18:21 / 18.05.2025
Ispaniyada yuzlab boshpanasizlar aeroportni «egallab oldi»
10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi
07:41 / 10.05.2025