Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
57 million so‘mni o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi
Shu yil 23 dekabr kuni noma'lum shaxslar Toshkent viloyatining Angren shahar Ohangaron ko‘chasida joylashgan avtomashinalarni ta'mirlash ustaxonasi eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, shu ustaxona ishchisi Sh.X.ga tegishli 57 mln so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Bekobod tumani Dalvarzin qo‘rg‘onida yashovchi J.M. va shu tuman Zafar qo‘rg‘onida yashovchi B.E. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
20:19 / 14.05.2025
Angrenda ko‘prikning bir qismi qulab tushdi
20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
14:35 / 15.03.2025