Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forish va Nurota tumanlarini bog‘lovchi temir yo‘l tarmog‘i quriladi
O‘zbekistonda Jizzax viloyati Forish tumanini Navoiy viloyati Nurota tumani bilan bog‘lovchi temir yo‘l tarmog‘i quriladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan “Noruda foydali qazilmalarni o‘z ichiga olgan yer qa'ri uchastkalaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda aytilgan.
Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Jizzax va Navoiy viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda uch oy muddatda Jizzax viloyati Forish tumanini Navoiy viloyati Nurota tumani bilan bog‘lovchi temir yo‘l tarmog‘ini qurish masalasini har tomonlama o‘rganib chiqadi.
Shuningdek, hukumat O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasiga mazkur masala bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritadi.
Mavzuga oid
22:21 / 08.05.2025
Jizzax viloyatida paleolit va neolit davrlariga oid yangi arxeologik maskanlar aniqlandi
17:53 / 17.04.2025
«Afrosiyob» poyezdlari harakati jadvaliga o‘zgarishlar kiritildi
12:08 / 24.03.2025
Nurotada bog‘cha bolalariga yaroqsiz go‘sht berilayotgani aniqlandi
21:36 / 30.12.2024