O‘zbekiston | 08:50 / 27.12.2018
6596
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkiloti Konstitutsiyasini ratifikatsiya qildi

Foto: iom.int

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Xalqaro migratsiya tashkiloti Konstitutsiyasini (Bryussel, 1953 yil 19 oktabr) ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 12 dekabrda qabul qilingan, Senat tomonidan 2018 yil 14 dekabrda ma'qullangan.

Hujjat bilan Xalqaro migratsiya tashkiloti Konstitutsiyasi (Bryussel, 1953 yil 19 oktabr) ratifikatsiya qilindi.

Ma'lumot uchun, Xalqaro migratsiya tashkiloti 1951 yilda tashkil topgan. Bosh qarorgohi Jyenevada joylashgan. Bugungi kunga qadar tashkilotga 172 mamlakat a'zo bo‘lgan. Tashkilotning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

- Jalb etilgan barcha tomonlar manfaatlari inobatga olingan holda migratsiyani boshqarish;
- Mamlakatlar hukumati bilan hamkorlik, o‘zi uchun migratsiyani yagona yo‘l deya tanlagan insonlar manfaatining himoyasi;
- Odam savdosi («trafik») bilan kurash va uning oldini olish.

Mavzuga oid