Jamiyat | 13:51 / 29.12.2018
48318
1 daqiqa o‘qiladi

Urgutda 118 yoshli onaxon biometrik pasport olyapti

Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi pasport stoliga 1900 yilda tug‘ilgan onaxon biometrik pasport olish niyatida tashrif buyurgan. Bu haqda Urgut tumani bo‘yicha IIOFMBM va FRB boshlig‘i, podpolkovnik Komil Ahmedov ma'lum qilgan.

«2018 yil davomida 45 mingdan ortiq fuqarolarga pasport tarqatildi. Tumandagi Muruvvat uyida istiqomat qilayotganlar, keksa va nogironlarga alohida qulaylik yaratishga harakat qildik. Shu kungacha 600dan ortiq fuqaroning uyiga borib xizmat ko‘rsatildi va fuqarolik pasporti yetkazib berildi. 

Eng qizig‘i, yaqinda pasport stolga Pochvon mahallasi G‘oyibota qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 118 yoshli onaxon – Ulug‘ Olimova fuqarolik pasporti olish uchun keldi. IIB xodimlari Yangi yil bayrami arafasida 1900 yilda tug‘ilgan momoning pasportini sovg‘a qilishmoqchi!», – degan u.

Mavzuga oid