Sport | 09:10 / 30.12.2018
5149
2 daqiqa o‘qiladi

«Milan» golsiz va g‘alabasiz seriyasini yakunladi 

Italiya chempionatining 19-turida «Milan» SPALni mag‘lub etdi. Milandagi «Juzeppe Meatstsa» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 13-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Andrea Petanya hisobni ochdi. Ammo ko‘p o‘tmasdan Samuel Kastilexo muvozanatni tikladi. Qayd etish kerakki, bu milanliklar jamoasining keyingi 5 o‘yindagi ilk goli bo‘ldi. «Milan» bungacha «Fiorentina»ga yutqazgan (0:1), «Torino», «Bolonya» va «Frozinone» kabi jamoalar bilan golsiz durang qayd etgandi. Milanliklarning golsiz seriyasi 395 daqiqani tashkil qildi.

O‘yinda hal qiluvchi golni Gonsalo Iguain ikkinchi bo‘limda urdi. Uning goli «Milan»ga keyingi 5 o‘yindagi ilk g‘alabani keltirdi.

Bu g‘alaba evaziga «Milan» ochkolari sonini 31taga yetkazdi va chempionat turnir jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi to‘rtinchi o‘rindan milanliklar klubini bir ochko ajratib turibdi. SPAL 17 ochkosi bilan 16-o‘rinda qoldi.

Keyingi turda, 21 yanvar kuni «Milan» «Jyenoa» mehmoni bo‘ladi. SPAL bir kun oldinroq «Bolonya»ni qabul qiladi.

Italiya chempionati
19-tur
Milan – SPAL 2:1
(1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 13 Petanya, 1:1 – 16 Kastilexo, 2:1 – 64 Iguain.
Milan – Donnarumma, Abate (Kalabriya, 62), Sapata, Romanoli, Rodriges, Kessie, Bakayoko, Chalxanoglu, Suso, Iguain (Borini, 82), Kastilexo (Kutrone, 62).
SPAL – Gomis, Chonek, Felipe, Bonifatsi, Dikmann (Vikari, 46), Missiroli, Skyattarella (Valdifori, 74), Kurtich, Kosta (Fares, 53), Petanya, Antenuchchi.
Ogohlantirishlar: Kurtich (51), Kastilexo (56), Skyattarella (70), Sapata (73), Suso (79).
Chetlatish: Suso (89).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid