Jahon | 10:17 / 02.01.2019
9584
2 daqiqa o‘qiladi

Magnitogorskdagi fojia qurbonlari soni 11 kishiga yetdi

Foto: Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati

Qutqaruvchilar Magnitogorskda qulagan turar-joy binosining vayronalari ostidan 11 jasadni olib chiqishdi. Bu haqda chorshanba kuni Rossiya FVVning Chelyabinsk oblasti bo‘yicha bosh boshqarmasi xodimi fojia yuz bergan joydagi operativ shtabda jurnalistlarga xabar berdi.

«11 jasad chiqarib olindi», - dedi u. Avvalroq, vayronalar ostida to‘qqiz kishining jasadi topilgani haqida xabar berilgan edi. Magnitogorskdagi fojia oqibatida halok bo‘lgan 11 kishidan bir nafari - yosh bola.

«11 kishi, jumladan, bir nafar yosh bola halok bo‘ldi», - degan agentlik suhbatdoshi. 30 kishining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda.

FVVning oblast bo‘yicha bosh boshqarmasi xodimi so‘zlariga ko‘ra, tunda vayronalarni tozalash ishlari to‘xtatildi, qutqaruvchilar osilib turgan konstruksiyalarni olib tashlashdi. «Hozir balandlikdagi ishlar to‘xtatildi va pastda vayronalarni tozalash davom etmoqda», - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Magnitogorskda yo‘nalishli taksidan uch kishining jasadi topilgani, tergov uydagi portlash terakt emasligini bildirayotgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid