Sport | 19:35 / 03.01.2019
11056
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu «Yuventus» muxlislariga va'da berdi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar Ligasi joriy mavsumidagi kurash haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Oltin to‘p»ning 5 karra sohibi jamoasi bilan bu musobaqada g‘olib chiqish uchun bor kuchini ishga solmoqchi ekanini aytdi.

«Yuventus» bilan Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilishga qasam ichaman», - deb 33 yoshli Ronaldu so‘zlarini keltirmoqda Football Italia.

Eslatib o‘tamiz, «Yuventus» so‘nggi marta 1996 yilda Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid