Sport | 00:10 / 05.01.2019
15688
1 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» va «Barselona»ning sobiq hujumchisi murabbiylik faoliyatini boshladi

Islandiya futbol federatsiyasi sobiq futbolchilar Eydur Gudyonsen va Arnar Vidarsson tandemi yoshlar terma jamoasini boshqarishini e'lon qildi.

40 yoshli Vidarsson oldin «Serkl Bryugge» va «Lokeren» klublarida ishlagan, shu tufayli u bosh murabbiy vazifasini bajaradi. Eydur Gudonsen esa yordamchi murabbiy sifatida debyut qiladi.

Qayd qilish joizki, Eydur Gudonsen futbolchilik faoliyatida «Chelsi», «Barselona», «Monako» va «Tottenhem» klublarida o‘ynagan. Islandiya terma jamoasi safida 88ta o‘yinda maydonga tushib, 26ta gol urgan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid