Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Milan» braziliyalik yosh hujumkor yarimhimoyachini sotib oldi
Braziliyaning «Flamengo» klubi hujumkor yarimhimoyachisi Lukas Paketa «Milan» a'zosiga aylandi.
«Rossoneri» rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, 21 yoshli xavbek milanliklar bilan 2023 yil yozigacha muddatga shartnoma imzolagan.
Rio-de-Janeyro klubi ushbu transferni oktabr oyidayoq tasdiqlagan edi. Transfer qiymati 35 mln yevroni tashkil etgani aytilmoqda.
Paketani tanishtiruv marosimi seshanba kuniga belgilangan. U dushanbadan yangi jamoasi mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.
Paketa «Flamengo»ning asosiy jamoasida 2016 yildan buyon to‘p surib keladi. U 2018 yilda Braziliya terma jamoasida debyut qilgan edi.
Mavzuga oid
12:15 / 17.03.2025
Milanda Aleksey Navalniyga yodgorlik o‘rnatildi
19:09 / 20.11.2024
Dunyodagi eng qimmat ko‘chalar reytingida yetakchi o‘zgardi
12:12 / 23.04.2024
Derbida mushtlashuv va chetlatishlar. Italiyada chempion rasman aniq bo‘ldi
13:01 / 21.01.2024