Yangi viza turlari joriy qilindi
Kun.uz'da O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarga turlicha vizalar taqdim etishni ko‘zda tutuvchi takliflar tayyorlanishi haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston Prezidentining turizmni tezkor rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmoniga muvofiq, quyidagi yangi viza turlari joriy qilinadi:
1. «Vatandosh» – Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan kishilar va ularning oilalari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblangan qarindoshlari tomonidan taklifnoma bo‘lgan holatlarda beriluvchi ikki yillik viza.
2. «Studentvisa» – O‘zbekiston hududida joylashgan ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijiy talabalarga beriluvchi bir yillik viza, Respublikadagi ta'lim vazirliklari, idoralari va tashkilotlari murojaatiga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
3. «Academicvisa» – O‘zbekistonda ilmiy-tadqiqot va ta'lim faoliyatini olib borish istagida bo‘lgan xorijliklar uchun 3 oydan 2 yilgacha muddatga beriladigan viza, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, oliy ta'lim muassasalari murojaatiga ko‘ra beriladi.
4. «Medicalvisa» – O‘zbekistonga davolash-profilaktika muassasalari taklifiga binoan tashrif buyuruvchi xorijiy mamlakatlar fuqarolari uchun 3 oygacha muddat uchun beriladigan viza.
5. «Piligrimvisa» – sayyohlik faoliyati sub'yektlari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita so‘roviga ko‘ra xorijiy fuqarolarga O‘zbekistonning madaniy-tarixiy va diniy-ma'naviy merosi va an'analarini o‘rganish uchun 2 oygacha bo‘lgan muddat uchun beriluvchi ziyorat vizasi.
Mavzuga oid
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
10:26 / 03.11.2024
O‘zbekistonga xorijdan kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi
22:45 / 24.10.2024