O‘zbekiston | 22:37 / 06.01.2019
57907
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari vafot etdi

Andijon viloyati hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Salombek Po‘latovich Habibullayev vafot etdi.

Salombek Habibullayev 2018 yilning 26 yanvarida mazkur lavozimga tayinlangan edi.

1971 yilning 26 sentyabrida Toshkent shahrida tavallud topgan S.Habibullayev 1992 yili Toshkent davlat universitetini tamomlagach, 1992 yildan 2018 yilgacha Toshkent davlat universitetining “Yarimo‘tkazgichlar va dielektriklar fizikasi kafedrasida assistent, tadqiqotchi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Tashqi iqtisodiy faoliyat tahlil va istiqbollari bosh boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, boshqarmaning Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi Bosh axborot-tahlil departamenti boshlig‘i, O‘zbek-yapon markazi direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Andijon viloyat hokimligi, kasbdoshlari, do‘stlari marhumning bevaqt vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

Mavzuga oid