Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiyalik ayollarga nikohlari buzilgani haqida sms-xabarlar jo‘natiladi
Saudiya Arabistoni hukumati sudlarga ayollarga ularning nikohlari buzilgani haqida xabar jo‘natish majburiyatini qo‘ydi.
Yangi qoida erkaklarning rafiqalariga xabar bermasdan yashirincha nikohni buzishlari holatlariga barham berishi kerak. Endi qirollik ayollari o‘zlarining oilaviy holatlaridan doimiy ravishda xabardor bo‘ladilar va aliment olish huquqidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Avval ko‘plab ayollar nikohlari ularga ma'lum qilinmasdan buzilganidan sudlarga shikoyat qilganlar.
Yangi chora valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon o‘tkazayotgan islohotlarning bir qismi hisoblanadi. O‘tgan yil saudiyalik ayollarga mashina haydashga, futbol uchrashuvlariga tashrif buyurishga ruxsat berilgandi. Biroq hali ham ular vasiy erkak: turmush o‘rtoq, ota, aka-uka yoki o‘g‘il ruxsatisiz qila olmaydigan ko‘plab narsalar mavjud. Misol uchun, pasport olish, turmushga chiqish, xorijga borish, bankda hisobraqam ochish, operatsiya qildirish.
Mavzuga oid
07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi
19:00 / 19.05.2025
Saudiya Arabistoni - jozibador sarguzasht va hashamat mujassamlashgan diyor
22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?
22:01 / 13.05.2025