Jahon | 17:12 / 07.01.2019
23085
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada 4 mingdan ortiq keraksiz avtomobillar topildi

Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha faollar 2018 yil davomida Rossiya poytaxtida 4,1 ming donadan ortiqroq mashina tashlab ketilganini qayd qilishdi.

«Moskva» agentligining korrupsiyaga qarshi kurash hududiy departamentiga tayanib ma'lum qilishicha, bu avtomobillar to‘g‘risidagi ma'lumotlar huquqni muhofaza qilish tashkilotlariga jo‘natilgan.

Faollar nafaqat tashlab ketilgan, balki ehtiyot qismlari yechib olingan avtomobillarni ham nazoratga olishgan.

«Moskva avtomobillar qo‘yish joylari ma'muriyati» ma'lumotlariga ko‘ra, 2013 yildan buyon maxsus joylarda 5 mingdan ortiq egasiz avtomobillar to‘planib yotibdi. Ularning aksariyati yo‘llardagi turli qoidabuzarliklar tufayli evakuatsiya qilingan va jarimaga tortilgan avtomobillardir. Bunday mashinalarning egalari jarimalarni to‘lab, o‘z mulklarini olib ketishdan ko‘ra eski mashinalaridan voz kechib qo‘ya qolishni afzal bilishgan.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid