Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada Rossiya elchisining o‘ldirilishi bo‘yicha ish yuzasidan sud boshlandi
Anqaraning alohida og‘ir jinoyatlar bo‘yicha ikkinchi sudi Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlov o‘ldirilishi bo‘yicha ish yuzasidan ilk eshituvni boshladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Ayblanuvchilar kursisida 18 kishi bor, ulardan to‘rt nafari Turkiyaning turli mintaqalaridagi qamoqxonalardan jonli translyatsiya orqali ishtirok etmoqda.
Sud jarayoni Adliya saroyi zalida bo‘lib o‘tyapti.
Avvalroq, Turkiyada elchi Karlovning o‘ldirilishi bo‘yicha ish yuzasidan tergov yakunlaganligi xabar qilingandi.
Andrey Karlov 2016 yil 19 dekabrda Anqaradagi fotoko‘rgazma ochilishida otib o‘ldirildi.
Hujum politsiya xodimi, tadbirda elchini qo‘riqlash bilan shug‘ullangan Mavlud Oltintosh tomonidan sodir etildi. U keyinchalik huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan otishmada yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025