Jahon | 08:31 / 09.01.2019
3517
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada vazirlar mahkamasi vakolatlari cheklab qo‘yildi

Foto: EPA-EFE/ANDY RAIN

Buyuk Britaniya parlamentining jamoatlar palatasi Brexit kelishuvsiz yuz beradigan bo‘lsa, hukumat vakolatlarini cheklab qo‘yish uchun ovoz berdi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, 303 nafar deputat hukumatning budjet qonun loyihasiga o‘zgartishlarni qo‘llab-quvvatlagan.

Qayd etilishicha, ovoz berish yakunlari Britaniya bosh vaziri Tereza Mey vazirlar mahkamasining Brexit shartlari bo‘yicha parlamentda ovoz berishdan oldin zaifligiga yana bir isbot bo‘ldi.

Shu bilan birga, o‘zgartishlar Britaniya vazirlar mahkamasining bir qator moliyaviy vakolatlarini cheklaydi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guardian Britaniyada «qattiq» Brexit holatiga minglab politsiyachilar tayyorlanayotgani haqida xabar bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid