Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kreml: Rossiya «diplomatik o‘yinda» odamlardan piyoda sifatida foydalanmaydi
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQShda hibsga olingan rossiyalik Mariya Butinani Rossiyada ushlangan amerikalik Pol Uilanga almashish ehtimoli haqida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Uning ta'kidlashicha, bunday bayonotlarni eshitmagan. Peskovning qo‘shimcha qilishicha, Moskva «diplomatik o‘yinda» odamlardan piyoda sifatida foydalanmaydi.
«Rossiyada josuslik faoliyatida shubha qilingan shaxslarga nisbatan aksilrazvedka faoliyati olib borilmoqda, bu - ha, muntazam ravishda amalga oshirilyapti», - dedi Peskov.
Shuningdek, Kreml vakilining qayd etishicha, Pol Uilan nega qo‘lga olingani bo‘yicha sabablarni aniq bilmaydi.
«Ehtimol, sabablar bo‘yicha ham hech narsa ayta olmayman, bizning maxsus xizmatlar bayonot berdi, u yerda sabablar batafsil aytilgan, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligining bayonoti ham chiqdi», - deya xulosa qiladi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Moskvada josuslikda gumonlanib qo‘lga olingan amerikalik Pol Uilan Birlashgan Qirollik fuqarosi ekanligi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
15:12 / 26.05.2026
Narkojinoyatda ayblanib, qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik AQShdan deportatsiya qilindi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025