Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev kelasi hafta Hindistonga boradi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Hindistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne'matov Xalqaro press-klubning navbatdagi yig‘ilishida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Ne'matovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti Hindistonning Gujarat shtatiga boradi. Tashrif bir haftadan so‘ng - taxminan 17-18 yanvar kunlari amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, Gujarat shtatida ishbilarmonlik sammiti va ko‘rgazma tashkil etiladi. Ko‘rgazma farmatsevtika mahsulotlari va yengil sanoat sohasiga bag‘ishlangan bo‘ladi. Yig‘ilishda ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston ko‘rgazmasiga taxminan 4 mingga yaqin kishining tashrif buyurishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 30 sentabr – 1 oktabr kunlari Hindistonda tashrif bilan bo‘lgandi. Tashrif davomida O‘zbekiston prezidenti Hindiston rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Ma'lumot uchun: O‘zbekiston prezidenti joriy yilning 20-22 yanvar kunlari Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025