Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tinch okeanidagi kemada to‘rt mingta mashina yonib ketdi
Tinch okeanida bortida 3,8 mingta avtomobil bo‘lgan kemada yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
198 metrlik Sincerity Ace kemasida yong‘in o‘tgan hafta, Yaponiyadan Gavayiga mashinalarni olib o‘tish vaqtida yuzaga kelgan. Bortda 21 nafar ekipaj a'zosi bo‘lgan. Ularning 16 nafari qutqarildi, to‘rt nafarining jasadi suvdan topildi, bir kishi bedarak yo‘qoldi.
Nissan konsernidan tasdiqlashlaricha, kema bu markadagi 3,5 mingta avtomobilni olib o‘tayotgan bo‘lgan. Bundan tashqari, bortda uch yuztadan ziyod yengil mashina hamda qurilish texnikasi bor edi. Kompaniya yuklarning holati haqida ma'lumotga ega emas. Nissan vakillari dengizchilar va qutqaruvchilar hayoti borasida xavfsiramoqda.
Yong‘in sabablari hozircha noma'lum. Sincerity Ace’dagi yong‘in hali ham davom etyapti va u oqim bo‘yicha ekipajsiz harakatlanmoqda.
Mavzuga oid
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:05 / 05.05.2025
Xitoyda kuchli shamol sayyohlik kemalarini ag‘darib yubordi. 10 kishi halok bo‘ldi
17:01 / 19.04.2025
Kongoda kema halokati oqibatida 148 kishi halok bo‘ldi
12:22 / 17.04.2025