O‘zbekiston | 14:40 / 10.01.2019
20117
2 daqiqa o‘qiladi

Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga yangi direktor tayinlandi

Foto: O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga (LBMA, ruschasiga — NAPU) direktor tayinlandi, deb xabar bermoqda Kun.uz manbasi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 9 yanvar kuni imzolangan tegishli farmonga ko‘ra, Dmitriy Romanovich Li O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Dmitriy Li mehnat faoliyatini xalq ta'lim tizimi ta'minoti sohasida boshlagan, keyinchalik mashinasozlik va metallurgiya sohasida turli rahbarlik lavozimlarini egallab kelgan.

2017 yil avgust oyidan hozirgi kungacha O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida direktorning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi. 2018 yil iyun oyida Dmitriy Li O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi rahbariga aylangan edi.

Loyiha boshqaruvi milliy agentligining avvalgi direktori Shuhrat Sodiqov 2018 yilning avgust oyi boshlarida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri etib tayinlangandi.

Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekiston Prezidentining 2017 yil 24 iyuldagi farmoni bilan tashkil etilgan. 2018 yil dekabrida LBMA elektron hukumat sohasida vakolatli organga aylandi (iyulda esa Prezident ushbu agentlikni raqamli iqtisodiyotni tatbiq etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ etib belgilagan edi).

Mavzuga oid