Andijon viloyat IIBning qator mansabdor shaxslari hibsga olingan
Turli nashrlar tomonidan tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, Andijon viloyat IIBning qator mansabdor shaxslari hibsga olingan.
Qayd etilishicha, ushlanganlar qo‘lida jabr ko‘rganlardan 150 nafarga yaqini hozirda rasman shikoyat qilgan.
Kun.uz ushbu holatga oydinlik kiritishni so‘rab, Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonovaga murojaat qildi.
«Hozirda ayrim IIB xodimlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda», - dedi Bosh prokuratura rasmiy vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Andijon viloyati IIB Jinoyat-qidiruv boshqarmasining ayrim xodimlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 206- (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 234- (Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) moddalari bilan 2018 yil 19 dekabr kuni Bosh prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ularga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Mazkur jinoyat ishi tergovi Bosh prokuraturaning o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi yurituvida.
«Bu ish yuzasidan qonuniylik ta'minlanadi», - deydi Surayyo Rahmonova.
Mavzuga oid
19:44 / 26.09.2024
“Odamlar qiynalyapti” - Andijonda sel oqizib ketgan ko‘prik qachon tiklanadi?
16:57 / 19.09.2024
Andijonda elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkordan 20 mln so‘m olgan ETK muhandislari ushlandi
10:00 / 13.09.2024
Xitoy Andijonda chiqindilardan energiya ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
20:05 / 12.09.2024