Osiyo Kubogi. Avstraliya qiyinchilik bilan guruhdan chiqdi
Osiyo Kubogining guruh bosqichida V guruhida ham 3-tur uchrashuvlari yakunlandi.
Avstraliya terma jamoasi Suriyaga qarshi kechgan dramatik uchrashuvda 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinning birinchi bo‘limi oxirida jamoalar bittadan gol urishdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida avstraliyaliklar yarimhimoyachisi Ikonomidisning zarbasi suriyaliklar darvozasini kesib o‘tdi va hakam golni inobatga oldi. 80-daqiqada suriyaliklar yana hisobni tenglashtirishdi, Al-Soma penaltidan unumli foydalandi.
Ammo o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda avstraliyaliklar g‘alaba golini urishdi va guruhda ikkinchi o‘rinni olgan holda keyingi bosqichga yo‘l olishdi.
Parallel kechgan ikkinchi o‘yinda esa Iordaniya va Falastin golsiz durangga imzo chekishdi. Natijada, Suriya va Falastin turnirni tark etdi, Iordaniya birinchi o‘rinni egalladi.
Osiyo Kubogi
Guruh bosqichi, 3-tur
Avstraliya – Suriya 3:2 (1:1, 2:1)
Gollar: 1:0 – 41 Mabil, 1:1 – 43 Xarbin, 2:1 – 54 Ikonomidis, 2:2 – 80, penalti Al-Soma, 3:2 – 90 Rogich.
Avstraliya – Rayan, Milligan, Degenek, Behich, Grant, Rogich, Luongo (Jyerman, 90), Ikonomidis, Irvayn, Mabil (Kruz, 82), Maklaren (Yannu, 68).
Suriya – Alma, Al-Midani, Al-Ajan, Al-Djvayyed (Al-Anizan, 74), Al-Solih, Al-Mavas, Haj Muhammmad, Al Mubayyed (Al-Midani, 83), Usmon (Yusuf, 72), Xarbin, Al-Soma.
Ogohlantirishlar: Al-Mavas (59), Luongo (62).
Falastin – Iordaniya 0:0 (0:0, 0:0)
Falastin – Xamadi, Solih, Badari, Jobir, Al-Battat, Dabag, Bassim (Norambuena, 88), Darvish (Al-Badavi, 79), Seyyam, Pinto (Salim, 62), Vadi.
Iordaniya – Shafi, Bani-Yasin, Xattob, Xaddod, Ziyod, Samir, Abdurrahmon, Murjon (Xadr, 63), Bani-Attiya, Al-Baxit, Ersan (Rateb, 82).
Ogohlantirishlar: Seyyam (19), Murjon (25), Bani-Yasin (54), Vadi (88).
Mavzuga oid
18:37 / 14.09.2024
G‘arbiy sohildagi bosqin: borgan sari ko‘proq falastinlik haydab chiqarilmoqda
23:18 / 12.09.2024
Isroil Rafahda HAMAS brigadasi tor-mor etilganini e’lon qildi
23:17 / 10.09.2024
Avstraliyada o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanishi mumkin
18:50 / 08.09.2024