Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda yanada pastladi
Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga tegishli Speedtest.net internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingni e'lon qildi. Unda 2018 yil dekabr oyi yakunlari bo‘yicha dunyodagi mobil va simli internet tezligi haqida ma'lumotlar bor.
Mobil internet tezligi jihatidan O‘zbekiston uchta pozitsiyaga tushib ketdi va bugungi kunda 125 pog‘onadan 111-o‘rinni egallab turibdi (tezlik - 9,97 Mbit/s).
Sim orqali ulanuvchi internet tezligida mamlakat uch pozitsiyaga ko‘tarildi va endi 121 o‘rindan 108-pog‘onani band etgan (tezlik - 10,11 Mbit/s).
Shu tariqa, servis 2018 yil oxirida mamlakatda internet tezligi keskin o‘sganini umuman sezmagan.
Islandiya mobil internet tezligi bo‘yicha birinchi o‘rinda qoldi (72,77 Mbit/s), Singapur - sim orqali ulanuvchi internetda (190,94 Mbit/s).
Speedtest tezlikni hisoblab chiqaradi va o‘zining ulanish tezligini tekshirish uchun servisni ishlatadigan foydalanuvchilardan olingan ma'lumotlarga asosan reytingni shakllantiradi.
Mavzuga oid
20:27 / 17.11.2020
Raqamli iqtisodiyot rivojiga bank tizimi va internet zarur - «O‘zbekiston eksportchilari» uyushmasi raisi
08:41 / 06.11.2020
O‘zbekistonda talabalar uchun internet trafigi sarflanmaydigan maxsus platforma ishlab chiqish taklif qilindi
13:52 / 02.11.2020
Starlink internetining tezligi raqobatchilaridan 4 barobar yuqoriligi ma'lum bo‘ldi
20:29 / 29.10.2020