Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh va Shimoliy Koreya Shvetsiyada maxfiy uchrashuv o‘tkazmoqda – OAV
Shvetsiyaning Dagens nyheter gazetasi AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasida yuqori lavozimli vakillar darajasida e'lon qilinmagan uchrashuv o‘tayotganidan xabar topdi.
Ta'kidlanishicha, muzokaralar 18 yanvarda Stokholm yaqinida, OAV vakillari uchun yopiq holda bo‘lib o‘tmoqda.
AQSh tomonidan uchrashuvda Shimoliy Koreya bo‘yicha elchi Stiven Bosvort, Shimoliy Koreyadan esa diplomat Tsoy Son Xi ishtirok etmoqda.
Uchrashuvning muhimligidan unda Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Margot Vallstrem ishtirok etayotgani dalolat beradi.
Avvalroq Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Kim Yen Chxol Vashingtonga safari vaqtida AQShdan yadroviysizlanish evaziga xavfsizlik kafolatini talab qilishi ma'lum qilingan. AQSh davlat departamenti rahbari Mayk Pompeo bilan muzokaralarda gap tinchlik sulhini imzolash haqida borishi mumkin.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025