Jahon | 00:47 / 18.01.2019
15640
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya qirolichasining turmush o‘rtog‘i yo‘l-transport hodisasiga uchradi   

Britaniya qirolichasi Yelizaveta II’ning turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi Filipp 17 yanvarda yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda VVS ma'lum qildi

Ta'kidlanishicha, yo‘l-transport hodisasi Filipp va qirolicha rojdestvo bayramidan beri qolayotgan Sandringem yaqinida yuz bergan.

YTH vaqtida rulda kim bo‘lgani ma'lum qilinmagan. Shunisi ma'lumki, gersog ba'zida Land Rover avtomobilini boshqarib turadi.

Voqea joyidan olingan suratda Filippnikiga o‘xshash yonboshlagan Land Rover’ni, yo‘l chetida esa ikkinchi yengil avtomobilni ko‘rish mumkin. Politsiya YTHga ikkita avtomobil uchraganini ma'lum qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid