Jahon | 19:45 / 18.01.2019
32164
2 daqiqa o‘qiladi

“Masha va Ayiq” mulseriali Ginness rekordlar kitobiga kiritildi

Rossiyalik ijodkorlar tomonidan yaratilgan“Masha va Ayiq” mulserialining “Masha plyus kasha” deb nomlangan seriyasi YouTube’da eng ko‘p ko‘riluvchi animatsion rolikka aylandi va bu natija uchun Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. 

Bugungi kunda mulserialning bu seriyasi 3,3 mlrd marta tomosha qilinib, YouTube tarixida eng ko‘p ko‘riluvchi kontentlar beshtaligiga kirgan yagona animatsion video bo‘ldi.

Joriy yil yanvarda mulserial ilk seriyasining chiqqaniga 10 yil to‘ldi. 

2018 yil noyabrda The Times nashri g‘arb tanqidchilari serialni Kreml tashviqoti quroli deb atashganini ma'lum qilgan. 

“Masha – dadil va anchagina yoqimsizdir, biroq shu bilan qat'iy. U boshidan balandroq sakraydi”, deb aytgan Bukingem universiteti professori Entoni Glis. Olimning fikricha, Masha Rossiya prezidenti Vladimir Putin uslubida harakat qiladi. 

Uch o‘lchovli grafika yordamida yaratilgan mulserial ilk bor ekranlarga 2009 yil 7 yanvarda chiqqan. 

Mavzuga oid