Jahon | 21:45 / 19.01.2019
20627
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya qirolichasi yo‘l harakati xavfsizligi qoidabuzarligiga yo‘l qo‘ydi 

Foto: Global Look

Britaniya qirolichasi Yelizaveta II xavfsizlik kamarini taqmagan holda mashina haydagani payqaldi. The Daily Mail nashrining yozishicha, qirolicha turmush o‘rtog‘i shahzoda Filipp mashina haydash vaqtida ag‘darilib ketganining ertasi kuni bunday holda suratga olingan.  

Suratga izohlarda xavfsizlik kamarini taqmagan holda mashina haydash Britaniyada qonunbuzarlik hisoblanishi va 100 funt sterling jarima bilan jazolanishi eslatib o‘tilgan.

Biroq qirolicha bundan mustasnodir: u sud ta'qibidan to‘liq daxlsizlikka ega. Ayblov odatda qirolicha tomonidan bildirilishi sababli, unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘ashning iloji yo‘q.

Shu sababli qirolichani haydovchilik guvohnomasidan mahrum etib bo‘lmaydi, biroq bu uning turmush o‘rtog‘iga tegishli emas. Ta'kidlanishicha, shahzoda Filipp avariyaga uchragandan keyin ushbu holat yuzasidan tergov boshlangan va u haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilishi mumkin. 

Qirolicha mashina haydashni Ikkinchi jahon urushi vaqtida o‘rgangan va sanitar mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlagan. Qirolichada rasman haydovchilik guvohnomasi bor, biroq unga bu hujjat majburiy hisoblanmaydi. Shuningdek, Yelizavetada qirollik oilasining boshqa a'zolaridan farqli, pasport yo‘q, chunki bu hujjat ham qirolicha nomidan beriladi.

Mavzuga oid